Ushbu fan O‘rta Osiyoning qadim va urta asrlar urbanizatsiyasi to‘g‘risida yozma manbalar, O‘rta Osiyo hududida qadimgi shahar madaniyatining shakllanishi va taraqqiyoti, o‘rta asrlar davrida O‘rta Osiyo olimlari asarlarida “shahar” tushunchasi. X-XII asrlarda shahar madaniyati ravnaqi, Amir Temurning shaharlar qurilishiga oid siyosati, so‘nggi o‘rta asrlar Balxi, Buxoro XVIII-XIX asrlarda, Xiva so‘nggi o‘rta asrlarda, Toshkent XVIII-XIX asrlarda shaharsozlik madaniyati kabi masalalar ahamiyati ochib beriladi.

       Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab etishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.

    Shuningdek, “O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar urbanizatsiyasi tarixi” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.