Ushbu «O’zbekiston tarixi» fani xalqimizning XVI asr boshlaridan Podsho Possiyasi bosqiniga qadar  bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy yo’lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o’rganish kabi masalalar ahamiyati ochib beriladi. Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’rsatib o’tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizasiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to’la bahramand bo’lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko’maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo’lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o’rganadi.

      Shuningdek, “O’zbekiston tarixi” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o’rganish, fan bo’yicha to’plangan ilg’or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o’z ichiga qamrab oladi.