Mavzu 1. Axborotlashgan jamiyatning shakllanib borish tendenstiyalari Reja: 1. Fanni o'qitishning maqsadi va vazifalari. 2. “Axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fanining mohiyati. 3. Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli. 4. Axborot madaniyati va axborotlashgan jamiyat. Tayanch iboralar: Axborot madaniyati va axborotlashgan jamiyat. Zamonaviy axborot texnologiyalari majmui. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishganiga uncha ko‘p muddat bo‘lmaganiga qaramasdan, u jahon hamjamiyatida va sivilizatsiyasida o‘zining munosib o‘rnini mustahkam egallab oldi va ildam qadamlar bilan XXI asrga - axborotlashgan jamiyat sari kirib keldi. Respublikamizda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi (1993 yil, 2003 yil)", "EHM va malumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofaza qilish haqidagi (1994 yil may)" qonunlari va ularning bajarilishi maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbyokiston Respublikasini axborotlashtirish konsepsiyasining (1994 y dekabr) ishlab chiqilishi fikrimizning yorqin dalilidir. Chunki hozirgi paytda insoniyat, shuningdek informatika fani muqarrar haqiqat bilan yuzma-yuz bo‘lmoqda. Uning asosiy masalasi – muammosi insoniyat faoliyatining boshqa biror sohasida bo‘lmagan-uchramagan informatsion-axborot inqirozini (behisob ko‘payib ketishini) yengib o‘tishdir. Ammo qo‘yilgan masalani yechishni zamonaviy axborot texnologiyalari majmui – superkompyuterlar, kompyuter va axborot tizimlari, mahalliy va global tarmoqlar, Internet umumjahon tarmoqlaridan unumli foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Turli xil axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullari va vositalarini o‘rganadigan mustaqil fan shakllandi. Bu fan informatika fani deyiladi. Axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning asosiy vositasi sifatida hisoblash texnikasi, ya’ni kompyuter (elektron hisoblash mashinasi – EHM, shaxsiy EHM – SHEHM) xizmat qiladi. Kursni o‘rganishda asosiy etibor quyidagilarga qaratilishi lozim: • zamonaviy SHEHM larda erkin ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, • tegishli sohalarga doir masalalarni kompyuterlarda yechish texnologiyasini o‘rganish va qo‘llash, • zamonaviy matn muharrirlari va jadval protsessorlari asoslarini o‘rganish va qo‘llash. Hozirgi jamiyat axborot jamiyati deb ataladi. Hisoblash texnikasi va aloqasi vositalarining keng rivojlanishi axborotni ilgari hayolga ham keltirib bo‘lmaydigan shunday xajm va tezkorlikda yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish imkoniyatini beradi. Axborot texnologiyalari tufayli insonning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati, uning kundalik muloqot sohasi dunyo sivilizatsiyasi ishlab chiqqan tajriba, bilimlar va ma’naviy kadriyatlarni jalb etish hisobiga chindan ham bexad kengaymoqda, iqtisodiyotning o‘zi esa moddiy neyomatlarni ishlab chiqarish sifatida – kamroq, axborot mahsulotlari va xizmatlarini yaratish va tarqatish sifatida – ko‘proq xususiyat kasb etmoqda. Axborotlashgan jamiyat o‘zi ichiga quyidagi komponentlarni qamrab oladi: • axborot resurslari – ma’lumotlar bazalari va banklari, turli xil arxivlar, kutubxonalar, muzeylar fondi va boshqalar; • axborot – telekommunikatsiya infrastrukturasi – xududiy davlat kompyuter tarmoqlari, telekommunikatsion tarmoqlar va maxsus xizmat ko‘rsatuvchi tizimlar, tarmoqlar, ma’lumotlarni uzatish kanallari va axborot oqimlarini boshqarish; • axborotlar, kompyuterlar va telekommunikatsiya texnologiyalari; • axborotlarga kirish va ularni tarkatish uchun qo‘llaniladigan telekommunikatsiya , informatika va hisoblash texnikasi vositalarini qo‘llaydigan ilmiy-ishlab chiqarishdagi mutaxassislar; • milliy axborotlar infrastrukturasi faoliyatini tashkil qiluvchi tashkiliy strukturalar va kadrlar; • ommaviy axborot tizimlar; • axborot mahsulotlari va xizmatlari, informatizatsiyalash, telekommunikatsiya, aloqa vositalari va axborotlar texnologiyalari bozori; • axborotlarni himoya qilishni ta’minlovchi tizimlar; • jahonning ochiq axborotlar tarmoqlari bilan milliy axborotlar borligining munosabatlari; • axborotlashtirish qonunlarining tizimi. Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo‘lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Kullaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, blis, agoritm, munozara, uz-uzini nazorat. Adabiyotlar: [19, 34, 37] Nazorat uchun savollar: 1. “Axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fanining mohiyati? 2. Informatikaning hozirgi jamiyatdagi o'rni va uning rivojlanib borish istiqbollari. 3. Axborotlashtirishning jahon tajribasi. 4. Axborot madaniyati va axborotlashgan jamiyat.