Mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizasiya  qilish bo’yicha tanlagan strategiyamizni va inqirozga qarshi qabul qilgan dasturimizni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholimizning moddiy farovonligini yuksaltirishga erishgani barchamizga katta mamnuniyat va iftixor bag’ishlaydi. Mamlakitimizni barqaror rivojlantirish, iqtisodiy o’sish jarayonlarini jadallashtirish hamda uni yangi sifat bosqichiga ko’tarish strategiyasini belgilashda    iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini, undagi yutuq hamda kamchiliklarni  tahlil qilish, aniqlash va  baholash muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatning iqtisodiy faravonligshini taxlil sifatida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash usullari, milliy valyutamizning xarid qobliyatini mustahkamlash, eksport salohiyatini yuksaltirish, to’lov balansining barqarorligini ta’minlash yo’llarini o’rganish makroiqtisodiyot fanining predmetiga kiradigan masalalardir.

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda makroiqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy tahlil va davlatning makroiqtisodiy siyosati to’g’risida bir tizimga solingan  bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifalari – makroiqtisodiy kategoriyalar, makroiqtisodiy muammolarning namoyon bo’lishi shakllari va sabablari, iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy modellar vositasida tahlil etish, makroiqtisodiy siyosat maqsadlari va vositalari, ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosat yuritish xususiyatlari to’g’risida ilmiy tasavvurlarni shakllantirish hamda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash, makroiqtisodiy konsepsiya va modellardan foydalangan holda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, makroiqtisodiy siyosat natijalarini prognoz qilish usullarini o’rgatishdan iborat.